14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli harbiy xizmatchilar, faxriylar va Vatan himoyachilari!

Sizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mustaqilligimiz, tinchligimiz va xalqimizning osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz zamonaviy, professional va har tomonlama salohiyatli qudratli tuzilma sifatida shakllanib kelmoqda. Sizlarning fidokorona xizmatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va Vatanga sadoqatingiz har qanday tahsinga loyiq.

Ushbu ulug‘ ayyomda barcha harbiy xizmatchilar va Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xizmat va hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin!

Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli xizmatingizga omad tilaymiz.

Yaratilgan vaqt: 14.01.2026
Ko‘rishlar soni: 11