Mazkur qarorga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida yoshlar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan milliy tanlov yo‘lga qo‘yilib, eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.
Xususan:
100 nafar o‘qituvchi — 1000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti
10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohat yo‘llanmasi
500 nafar yoshlarga — noutbuk
500 nafar yoshlarga — qimmatbaho sovg‘alar
3 ta OTM — pul mukofoti
2 ta umumta’lim maktabi — “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi
Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlar markazlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Loyiha doirasida yoshlarga AT, startap boshqaruvi va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim, xalqaro AT-sertifikatlar hamda tanlov va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.
02.01.2026
Ko‘rishlar soni: 12