Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov boshchiligidagi delegatsiya AQShga xizmat safari doirasida Amazon Kuiper Systems kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda kompaniyaning Dunyo bo‘ylab biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Lisa Skalpone va Kuiper loyihasining Global boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Kalpak Gude ishtirok etdi.
Suhbatda tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, internet xizmatlarini kengaytirish va yuqori texnologiyalarni joriy etish borasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Kompaniya vakillari O‘zbekistonda faoliyat yuritish niyati borligini hamda hamkorlikka tayyorliklarini bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida strategik hamkorlikni mustahkamlaydigan memorandum va yo‘l xaritasini imzolashga kelishib olindi.
Bu qadam O‘zbekistonda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun muhim infratuzilmani yaratish hamda global texnologik kompaniyalar bilan sheriklikni kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.