Davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlarini malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlar tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” 2023-yil 20-maydagi 208-sonli qarori qabul qilindi.

Qaroroga muvofiq, davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlarini har 3 yilda bir marta tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida:

“Elektron hukumat” tizimini joriy etish;

raqamli iqtisodiyot;

axborot xavfsizligini ta’minlash;

AKT infratuzilmasi;

davlat organining faoliyatiga AKTni joriy etish hamda boshqaruv ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quv dasturlari tasdiqlandi.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi ta’lim tashkilotlari mazkur oʻquv dasturlar asosida davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlarini oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari mazkur oʻquv dasturlar bo‘yicha 24 soatdan kam bo‘lmagan o‘quv kurslarida malakasini oshirgandan so‘ng, reyting baholashdan o‘tish uchun YaIDXP (https://my.gov.uz/uz/service/538) orqali sertifikatlarini biriktirgan holda ariza berishlari mumkin bo‘ladi.

Yaratilgan vaqt: 24.07.2023
Ko‘rishlar soni: 597