14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Axborot-kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasining bayram tabrigi

Axborot-kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish jamgʼarmasi jamoasi oʼz hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulugʼ va olijanob ishga bagʼishlagan barcha yurtdoshlarimizni Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi.

Sizlarning Vatan oldidagi xizmatlaringizni chuqur eʼtirof etgan holda, botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga oʼz muqaddas burchini ado etishda hamisha togʼdek tayanch boʼlib kelayotgan ularning oila aʼzolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Barcha yurtdoshlarimizga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sogʼlik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-gʼayrat, oilalariga esa fayzu baraka va baxt-saodat yor boʼlishini tilaymiz!

Яратилган вақт: 14.01.2021
Кўришлар сони: 396